Xidirov Muzafar Oblonazarovich
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi boshlig‘i-boshliq о‘rinbosari
-
Phone +998 (66) 235 06 16:
-
Email :
-
Address Info :
21998-2000 yy. - Toyloq tumani “Bog‘izag‘on” shirkat xо‘jaligi ishchisi 2000-2004 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi 2004-2005 yy. - Samarqand axborot texnologiyalar kasb-hunar kolleji о‘qituvchisi 2005-2007 yy. - Toyloq tumani “Azamov Najmiddin” XT ish boshqaruvchisi 2007-2009 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti 2009-2011 yy. - Toyloq tumani “Muzaffar Universal Aloqa” XK rahbari 2011-2017 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti “Fransuz filologiyasi” kafedrasi о‘qituvchisi 2014-2017 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i 2017-2021 yy - Toyloq tumani 32-umumiy о‘rta ta’lim maktab direktori 2021-2023 yy - Toyloq tuman xalq ta’limi bо‘limi mudir о‘rinbosari 2023- 2024 yy- Toyloq tuman hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bо‘yicha bosh mutaxassis 2024-2024 yy - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shо‘basi metodisti 2024- h.v. - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi mudiri
Boshliq oʻrinbosari quyidagilarni amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; Vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, hududiy boshqarma boshligʻi va boʻlim boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida ijro etish; umumiy oʻrta taʼlim siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli boʻlinmalari bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; Mutasaddiligidagi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga umimiy raxbarlik qilish va zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni bajarish; Boʻlimning yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boʻlim boshligʻiga kiritish; ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish; Boʻlim xodimlarining ijro-intizoniga rioya qilishini monitoring va nazorat qilish; umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Shoʻbasining yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boʻlim boshligʻiga kiritish; ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish; Shoʻba faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Shoʻbafaoliyatiga oid muhim masalalar haqida boʻlim boshligʻiga muntazam ravishda axborot berish; maktablar Shoʻbasiga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, shoʻba xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda mazkur nizomga muvofiq yuklangan vazifalar ijrosini nazorat qilish; Shoʻba xodimlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida tegishli topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish; umumtaʻlim maktablari faoliyatini tashkil etilish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish; umumtaʻlim maktablari tomonidan elektron dastur orqali yuborilgan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni tumanning bosh iqtisodchisi bilan birgalikda belgilangan mezonlar asosida koʻrib chiqish va tasdiqlash; umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari uchun shahodatnomalarni nizom talablariga muvofiq buyurtmalarni shakllantirish jarayonini nazorat qilish; maktab bitiruvchilariga e-shahodatnoma.uz elektron tizimida shahodatnomalarga buyurtmalarni oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish; fuqarolarga yoʻqolgan va yaroqsiz holatga kelgan shahodatnomalari oʻrniga dublikat shahodatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini reglamentga muvofiq koʻrsatish jarayonini nazorat qilish; umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari uchun oltin va kumush medallarni oʻz vaqtida nizom talablariga muvofiq buyurtma shakllantirish hamda yetkazib berish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish; umumtaʻlim maktablari tomonidan bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayonini tashkil etish va qabul qilingan oʻquvchilarni Vazirlikning adm.maktab.uz elektron platformasiga kiritilishini nazorat qilish; tuman (shahar)dagi umumtaʼlim maktablariga maktab yoshidagi bolalarni toʻliq qamrab olish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda qabul qilinishi kutilayotgan 1-sinf oʻquvchilari uchun “Prezident sovgʻasi”ga buyurtmalarni shakllantirish va 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilarini oʻz vaqtida “Prezident sovgʻasi” bilan taʻminlash jarayonini nazorat qilish; erp.maktab.uz elektron platformasida oʻquvchilar haqidagi maʻlumotlarni shakllantirilishini nazorat qilish; umumtaʻlim maktablari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish; umumtaʼlim maktablarida maktab-pedagogik hujjatlarini yuritish jarayonini muvofiqlashtirish; maktab filiallarini faoliyatini tahlil qilish, ularning kelgusidagi faoliyati boʻyicha boʻlim boshligʻiga taklif kiritish; yangidan tashkil etiladigan umumtaʻlim maktablarini faoliyatini tashkil etish jarayonini muvofiqlashtirish; oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga oʻtishda davlat xizmatlari orqali ariza topshirgan fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qilish. umumtaʻlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish; sohaga oid hisobotlarni toʻplash, asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish, boʻlim boshligʻiga va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilishni tashkil etish; umumtaʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasidagi fan olimpiadalarining quyi bosqichlari oʻtkazish jarayonini muvofiqlashtirish; umumtaʻlim maktablariga biriktirilgan mikrohudud maʻlumotlarini tahlil qilish va adm.maktab.uz elektron tizimiga kiritish jarayonini nazorat qilish; lavozim majburiyatiga taalluqli yoʻnalishlar boʻyicha fuqarolardan kelgan murojaatlarni oʻrganib chiqib, tegishli javob xatlarini yuborish; boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; taʻlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʻlumotlarning himoya qilinishini taʻminlash; foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. Boshliq oʻrinbosari quyidagilarni bajarishi shart: ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi; Boʻlim boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi; boʻlim boshligʻi mehnat taʼtili, kasallik varaqasiga chiqqan hamda malaka oshirishga ketgan vaqtlarda uning lavozim majburiyatlarini bajarish; bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berishi.