• Samarqand shahar Registon ko'chasi 6 uy
  • Diqqat Sayt Test Rejimida ishlamoqda !!!

DMTT soni

100

Maktablar soni

84

O'qituvchilar soni

6 008

O'quvchilar soni

108 189

+998 (66) 235 06 16

Rahbariyat

Nuriddinov Zayniddin Mexriddinovich

Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i

2001-2002 yy. – Samarqand shahar Temir yо‘l tumani hokimligi iqtisodiyot bо‘limi mutaxassisi
2002-2004 yy. – Samarqand shahar hokimligi iqtisodiyot bо‘limi yetakchi mutaxassisi
2004-2006 yy. – Ishtixon tuman xalq ta’limi bо‘limi markazlashtirilgan hisobxona hisobchisi
2006-2009 yy. – Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat Ta’lim markazi iqtisodiy bilim asoslari fani metodisti
2009-2015 yy. - Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat Ta’lim markazi direktor о‘rinbosari
2015-2017 yy. – Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi kadrlar bо‘yicha inspektori
2017-2018 yy. – Samarqand shahar maktabgacha ta’limi bо‘limi mudiri
2018-2019 yy. – Davlat xizmatlari agentligi Samarqand tuman Davlat xizmatlari Davlat rо‘yxatdan о‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini kо‘rsatish bо‘limi boshlig‘i
2019-2024 yy. – Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Toyloq tuman adliya bо‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori
2024-2024 yy. – О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasi direktori
2024 y. - h.v. – Samarqand shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi boshlig‘i

1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻi (bundan buyon matnda – boʻlim boshligʻi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Boʻlim boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Boʻlim boshligʻi bevosita tuman (shahar) hokimligi hamda viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasiga boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida amalga oshiradi.
3. Boʻlim boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.
4. Boʻlim boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Taʻlim toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi hamda “Pedagog maqomi toʻgʻrisida” Qonuni asosida faoliyat koʻrsatadi; Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek taʻlim tizimiga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini hamda Respublika Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining qaror va buyruqlari ijrosini tuman (shahar) miqyosida bajarilishini ta’minlaydi; taʻlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, taʻlim starategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlantirish istiqbollarini belgilash va rejalashtirish, taʻlim tizimini maktabgacha va maktab xoʻjaligining boshqa sohalari bilan oʻzaro aloqalarni takomillashtirishni taʻminlaydi; Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boshqarma boshligʻiga kiritadi; ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi; tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining Nizomiga muvofiq boʻlim Hayʻat majlisiga rahbarlik qiladi; maʻmuriy boshqaruv xodimlari hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining faoliyatlarini muvofiqlashtiradi; tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida byudjet mablagʻlarini maqsadli va toʻgʻri ishlatilishini nazorat qiladi, muvofiqlalashtirish ishlarini amalga oshiradi; moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qoʻyadi; Maktabgacha taʻlim tashkilotlari, umumtaʻlim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab- internatlarida va maxsus maktab-internatlarida davlat taʻlim standartlari va davlat talablarining bajarilishini taʻminlaydi, shuningdek maktabdan tashqari taʻlim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy ishlarida, moliyaviy va xoʻjalik ishlarini yuritilishi jarayoniga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, muvofiqlashtiradi, ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi; taʻlim sifatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilaydi; boʻlim va taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi; boʻlim va taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi; yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish — jamiyat barqarorligi va sogʻlom avlodni tarbiyalashda kompleks yondashuv zarur ishlarini tashkil etish; bitiruvchilar bilan ishlash — taʻlim muassasalarini tamomlagan yoshlarni jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash va ijtimoiy faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; taʻlim tashkilotlari infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlarni tashkil qiladi va nazorat qilib boradi; umumiy oʻrta va maktabdan tashqari davlat taʻlim muassasalari faoliyatini tashkil etish sohasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi; taʻlim tizimida turli organlar va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; oʻz vakolati doirasida tuman (shahar)ning taʻlim tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirib boradi; faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha boʻlim xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi; kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʻminlash. maktabgacah hamda umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etadi; Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish, mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya etishni taʻminlaydi; oʻzining ish faoliyati yuzasidan bevosita tuman (shahar) hokimligi hamda viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasiga boʻysunadi; boʻlim faoliyatiga yakka rahbarlikni amalga oshiradi;
5. Boʻlim boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart: ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi; tuman (shahar) hokimligi va boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi; bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi oldida hisobot berishi.