Axmedov Ravshanjon Kamilovich
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi AKTni joriy etish va raqamlashtirish bо‘yicha metodist
-
Phone +998 (66) 235 06 16:
-
Email :
-
Address Info :
2005-2009 yy. - Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabasi 2009-2012 yy. - Jomboy informatika va xizmat kо‘rsatish kasb- xunar kolleji о‘qituvchisi 2012-2019 yy. - Samarqand bank kolleji informatika fani о‘qituvchisi 2019-2020 yy. - Samarqand bank kollejida bо‘lim boshlig‘i. 2020-2021 yy. - Samarqand shahar 20-maktab informatika fani о‘qituvchisi 2021-2022 yy. - Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi Ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarini rivojlantirish shо‘basi rahbari 2022-2023 yy. - Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi Ta’limni raqamlashtirish shо‘basi bosh metodisti 2023y – h.v - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi AKTni joriy yetish va raqamlashtirish bо‘yicha metodist
Bosh metodisti quyidagilarni amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; Tuman boʻlimining hayʼati qarorlari, buyruq va farmoyishlariga, hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, tuman boʻlimining hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash; tuman boʻlimining xarajatlar smetalarida tizimdagi jarayonlarni avtomatlashtirish, taʼlim jarayonini raqamlashtirish, tuman boʻlimi xodimlari va davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlari, umumtaʻlim maktablari rahbar hodimlari hamda pedagoglarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha malakasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; bosh metodist zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha masʻul hisoblanadi. Faoliyatning yillik ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish, bunda tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish; Maktablardagi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, ishga olish va ozod etish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshligʻiga taklif kiritish; maktablardagi Informatika sinf xonalaridagi barcha kompyuterlarga dasturlash va raqamlashtirishga oid zamonaviy dasturlar, Python, Scratch, Java, JavaScript, C#, C++, Adobe Photoshop, CorelDRAW, 3D Max va boshqa dasturlarni oʻrnatishni tashkil etish; Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlar va resurslar, xalqaro roʻyxatdan oʻtgan oʻquv platformalari, jumladan, maktab.uz, kitob.uz, smartland.maktab.uz, EduKids, educare.uzedu.uz, eduportal.uz, uzbekcoders.uz va boshqa axborot tizimlaridan foydalanishni tashkil etish; umumtaʻlim maktablari va maktabgacha taʻlim tashkilotlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirish, internet va lokal tarmogʻi, WiFi qurilmalari, kompyuter texnikalarini doimiy ishlashini nazorat qilish, soha boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish; umumtaʻlim maktablari va maktabgacha taʻlim tashkilotlarida joriy qilingan barcha elektron tizimlarni texnik tomondan yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etib borish “Oʻquv taʼlim taʼminot” Davlat muassasasi yoki Pudratchi tashkilotlar tomonidan umumtaʼlim maktablariga yetkazib berilayotgan kompyuter jamlanmalarini qabul qilib olish dalolatnomalar tuzish hamda foto lavhalar asosida hisobotlarni shakllantirish, doimiy ravishda ishchi holatda boʻlishini taʼminlash (boʻlimning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda yoritish); tuman (shahar) boʻlimi tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining, tasarrufidagi tashkilotlarning axborot xavfsizligi siyosati talablari bilan tanishtiradi hamda amal qilishni nazorat qiladi; axborot xavfsizligi siyosatiga, talablariga rioya qilmagan xodimlar boʻyicha maʼlumotlarni tegishli chora koʻrish maqsadida boʻlim boshligʻiga kiritadi; umumiy oʻrta taʻlim maktablarida va taʻlim tashkilotlarida dasturiy tizimlar, elektron taʻlim resurslarining joriy etilishi, AKT infratuzilmasi va loyihalarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; maktablarga berilayotgan kompyuter sinflari va qoʻshimcha jihozlarini roʻyxatda koʻrsatilgan umumtaʼlim maktablariga oʻzgarishsiz yetib borishini va “Informatika va axborot texnologiyalari” fani xonasiga oʻrnatilishini taʼminlash; Umumtaʻlim maktablaridagi kompyuter texnikalarini xatlovdan oʻtkazish va maʻnan eskirgan kompyuter texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha boshqarmaga asosli hujjatlari bilan taklif kiritish; umumtaʼlim maktablariga etkazib berilayotgan kompyuterlarga dasturlashga oid zamonaviy dasturiy tizimlar, tuman boʻlimi tomonidan yaratilgan platforma (resurs)lar va boshqa taʼlim resurslarini oʻrnatilishini, internetdan samarali foydalanish uchun ichki lokal tarmoqqa ulanishi hamda dars jarayonida keng foydalanishlari uchun sharoit yaratib berilayotganini nazorat qilish; tuman boʻlimining axborot xavfsizligi siyosatini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT faoliyatni rivojlantirish boʻyicha konsepsiya, strategiya, dastur va rejalar hamda sohaga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlanishini nazorat qiladi; maktabgacha va maktab taʻlimi tuman boʻlimisi tizimini raqamlashtirish, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ishlarini amalga oshiradi hamda nazorat qiladi; tuman boʻlimining raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi; tuman (shahar) boʻlimi nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish; xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʻlumotlarning himoya qilinishini taʻminlash; foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻliming tegishli buyrugʻiga muvofiq bosh metodistga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar hamda lavozim yoʻriqnomasida belgilangan majburiyatlarning toʻlaqonli bajarilishi; Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻliming tegishli buyrugʻiga muvofiq bosh metodist faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz (KPI) koʻrsatkichlarga erishilishi; hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishi; foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi; jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari talablariga rioya etish; Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborotlar bilan ishlashda belgilangan talablarga rioya qilish, foydalanilishi cheklangan maʻlumotlarni oshkor qilmaslik, Tuman boʻlimining obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik.