Axmedov Asqar Olimovich
Samarqand shahar maktabgacha va maktab Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shо‘basi inspektor-metodisti
-
Phone +998 (66) 235 06 16:
-
Email :
-
Address Info :
2004-2007 yy. - Samarqand shahridagi 36-umumiy о‘rta ta’lim maktabi vatan tuyg‘usi fani о‘qituvchisi 2008-2012 yy. - Samarqand shahridagi 36-umumiy о‘rta ta’lim maktabi milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fan о‘qituvchisi 2012-2018 yy. - Samarqand shahridagi 36-umumiy о‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlari bо‘yicha direktor о‘rinbosari 2018-2022 yy. - Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi umumta’lim muassasalari metodisti 2022-2023 yy. - Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shо‘basi metodisti 2023 y – h.v - Samarqand shahar maktabgacha va maktab Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shо‘basi inspektor-metodisti
Shoʻba bosh mutaxassisi quyidagilarni amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, hududiy boshqarma boshligʻi va boʻlim boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida ijro etish; umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasining yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va shoʻba boshligʻiga taqdim etish; umumtaʻlim maktablarini tashkil etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha shoʻba boshligʻiga taklif kiritish; umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari uchun shahodatnomalarni nizom talablariga muvofiq buyurtmalarni shakllantirish va berilgan buyurtmani tahlil qilish hamda boshliq oʻrinbosariga taqdim etish; maktab bitiruvchilariga e-shahodatnoma.uz elektron tizimida shahodatnomalarga buyurtmalarni oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish; fuqarolarga yoʻqolgan va yaroqsiz holatga kelgan shahodatnomalari oʻrniga dublikat shahodatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini reglamentga muvofiq koʻrsatish jarayonini muvofiqlashtirish; umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari uchun oltin va kumush medallarni oʻz vaqtida nizom talablariga muvofiq buyurtma shakllantirish hamda yetkazib berish jarayonini muvofiqlashtirish hamda maʻlumotlarni boshliq oʻrinbosariga taqdim etish; umumtaʻlim maktablari tomonidan bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirish va qabul qilingan oʻquvchilarni Vazirlikning adm.maktab.uz elektron platformasiga kiritilishini taʻminlash; umumtaʼlim maktablariga maktab yoshidagi bolalarni toʻliq qamrab olish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda qabul qilinishi kutilayotgan 1-sinf oʻquvchilari uchun “Prezident sovgʻasi”ga buyurtmalarni shakllantirish va 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilarini oʻz vaqtida “Prezident sovgʻasi” bilan taʻminlash; erp.maktab.uz elektron platformasida oʻquvchilar haqidagi maʻlumotlarni shakllantirilishini taʻminlash; umumtaʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasidagi fan olimpiadalarining quyi bosqichlari oʻtkazish jarayonini muvofiqlashtirish; umumtaʻlim maktablarini tashkil etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha takliflar tayyorlash; boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;2 taʻlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʻlumotlarning himoya qilinishini taʻminlash; foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.