Eshmatov Ramizjon Avazboyevich
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Inson resurslarini boshqarish bо‘yicha inspektor-metodist
-
Phone +998 (66) 235 06 16:
-
Email :
-
Address Info :
2013-2013 yy. - Samarqand shahar 71-umumiy о‘rta ta’lim maktabida muxandis 2016-2020 yy. - Samarqand davlat arixtiktura qurlish inistituti talabasi 2018-2019 yy. - Samarqand shahar xalq ta’lim bо‘limi Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati chilangar-santexnik 2019-2020 yy. - Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bо‘limi Maxsus ta’mirlash ekspluatatsiya xizmati komunal inspektor 2020-2023 yy. - Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bо‘limi kadrlar bilan ishlash shо‘ba mutaxassis 2023-y. h/v. - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Inson resurslarini boshqarish bо‘yicha inspektor-metodis
Bosh metodist quyidagilarni amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, hududiy boshqarma boshligʻi va boʻlim boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari bilan bosh metodistga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash; tuman (shahar) miqyosida maktabgacha va maktab taʻlimi tizimining kadrlar xizmati sohasini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qiladi hamda ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni boʻlim boshligʻiga va hududiy boshqarmaga taqdim etadi; boʻlimning shtat birligi, xodimlar zahira tarkibi haqida choraklik statistik hisobotlarni hududiy boshqarmaga taqdim etadi; boʻlimlar idoraviy mansub tashkilot va muassasalar tuzilmasi boʻyicha lavozim yoʻriqnomalarini tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda ishlab chiqadi; kadrlarning mehnat salohiyatini imkoni boricha toʻliq ishga solish asosida boʻlim oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirish boʻyicha boshliq oʻrinbosari va tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda choralar koʻradi; muntazam ravishda istiqbolli kadrlarni tanlash, seleksiya qilish ishlarini olib boradi va ularni kadrlar zahirasiga kiritadi; Kadrlar xizmati sohasidagi zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining hududiy filiali bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi; inson resurslarini rivojlantirish, istiqbolli kadrlar seleksiyasini joriy etish, kadrlarni seleksiya qilish, saralab olish va joy-joyiga qoʻyishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilishini taʼminlaydi; zahiraga olingan nomzodlarni maxsus tayyorlash boʻyicha dasturlar asosida bosqichma- bosqich moʻljallangan lavozimlarga tayyorlab borish ishlarini tashkil qiladi; hududiy boshqarma boshligʻi nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga oʻrnatilgan tartibda tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlarini hududiy boshqarmaga taqdim etadi; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qoʻyishning shaffof va adolatli tartibi asosida boʻsh ish oʻrinlariga (vakant lavozimlarga) tanlov oʻtkazilishini taʼminlaydi; kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va obektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni tegishli lavozimlarga qabul qilish hamda ularning xizmat pogʻonalari boʻyicha koʻtarilishini nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyilini amaliyotga joriy qilinishi yuzasidan boʻlim boshligʻiga takliflar kiritadi; boʻlim boshligʻi nomenklaturasiga kiruvchi vakant lavozimlarni egallash boʻyicha tanlovlarni tashkillashtiradi, ochiq mustaqil tanlovlarni oʻtkazish komissiyasining ishchi organi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyadi, kadrlar tanlashda shaffoflikni taʼminlaydi; boʻlimda mavjud tegishli vakant lavozimlar haqida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining maxsus portali orqali eʼlon beradi; vakant lavozimlarga newvacancy.argos.uz portali orqali ariza bergan nomzodlarning vakant lavozim uchun belgilangan malaka talablariga mosligi oʻrganilishini tashkillashtiradi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining hududiy filiallari bilan kelishilgan holda test sinovi oʻtkazadi, nomzodlar shaxsiy kabinetiga har bir bosqich natijalarini kiritadi. tanlov komissiyasi raisi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hududiy filiali bilan kelishilgan holda vakant lavozimga nomzodlar uchun suhbat kunini belgilanishi va suhbat oʻtkazilishini taʼminlaydi; suhbat natijalari yuzasidan Tanlov komissiyasi bayonnomasi loyihasini ishlab chiqadi, komissiya aʼzolari bilan kelishilgan hoda tasdiqlash uchun raisga kiritadi; tanlov komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomani rasmiylashtirib, tanlov natijalari haqida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining maxsus portali orqali nomzodlarga maʼlum qiladi va portalga joylashtiradi; vakant lavozimlarga nomzodlarning barcha fazilatlari va ustunliklarini obektiv baholash imkonini beradigan ochiq mustaqil saralab olish asosida ularni ishga qabul qilish yuzasidan boʻlim boshligʻiga takliflar kiritadi; xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirish boʻyicha vakolati doirasida ishlarni amalga oshiradi; boʻlim boshligʻi va tegishli tarkibiy shoʻbalar bilan birgalikda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida boʻlim xodimlari faoliyatining natijadorligini baholanishda, xodimlar faoliyati samaradorligining oʻlchanadigan indikatorlari (eng muhim koʻrsatkichlar) koʻrsatgan natijalar tahlilining xolisligi va haqqoniyligini nazorat qilishda hamda indikatorlar natijalarini tahlil qilishda ishtirok etadi; boʻlim xodimlari tomonidan mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat qilib boradi; Davlat va tarmoq mukofotlariga tavsiya etish boʻyicha taʻlim muassasalari takliflarini oʻrganish uchun tegishli komissiyaga taqdim etadi, taʼlim-tarbiya jarayoniga oʻzining ijobiy hissasini qoʻshayotgan xodimlarni taqdirlash boʻyicha komissiya xulosasi asosida boʻlim boshligʻiga takliflar kiritadi, nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda hududiy boshqarmaga taqdim etadi; Davlat va tarmoq mukofotlari hisobini yuritish va mukofotlarni belgilangan tartibda taqdirlangan xodimlarga topshirilishini taʼminlaydi; taʼlim sohasini rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan xodimlarni boʻlim boshligʻining faxriy yorligʻi bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi; boʻlimda xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish va ularning personallashtirilgan hisobi yuritilishini, shuningdek, tasarruf tashkilotlari kadrlarining hujjatlari almashinuvini tashkillashtiradi; boʻlimda xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʻrinlarda – “YAMMT” IDAK) HRM.ARGOS.UZ elektron dasturiga roʻyxatdan oʻtkazilishi, xodimlarning elektron mehnat daftarchasiga yozuvlarni, kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni kiritilishi va tasdiqlanishini taʼminlaydi; boʻlim boshligʻi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimdagi xodimlarning personallashtirilgan hisobi, shu jumladan elektron maʼlumotlar bazasi, ularning shaxsiy yigʻmajildi yuritilishini taʼminlaydi, shuningdek, xodimlar shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi; mehnat intizomini mustahkamlash, kadrlar qoʻnimsizligi va ish vaqtini yoʻqotishni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda, ularning bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi; boʻlim va uning tizimida mehnat qonunchiligi buzilishlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va omillarni bartaraf etish boʻyicha boʻlim boshligʻiga takliflar kiritadi; Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati, vazirlik hamda boshqarmaning hujjatlari ijrosini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlanmaganligi, ular ijrosini tashkil etishda nazoratning past darajasi sabablari tahlil qilinishini va bunga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlarga intizomiy jazo choralari koʻrilishi boʻyicha asoslangan takliflarni (zarur hollarda boshliq oʻrinbosari va tegishli tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda) boʻlim boshligʻiga kiritib boradi; kadrlar tarkibiga oid hisobotlarni toʻplanishi, tahlil qilinishi, boshqarmaga va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilinishini taʼminlaydi; pedagog kadrlar yetishmovchiligi boʻyicha tahlillar asosida qabul kvotalarini shakllantirish yuzasidan takliflarni oʻrnatilgan tartibda boshqarmaga kiritadi; kadrlar masalasi boʻyicha boʻlim tizimidagi muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, ularning oʻzaro hamjihatligini taʼminlaydi va uslubiy yordam koʻrsatadi, oʻquv- seminarlar tashkil etadi; taalluqliligi boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, murojaatlarda koʻtarilgan dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha taʻlim muassasalariga tegishli takliflar kiritadi, zarur hollarda mazkur maʼlumotlarni muhokama qilish uchun boʻlim boshligʻiga taqdim etadi; bosh metodistning ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun boʻlim boshligʻiga kiritadi; boʻlimda xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish va ularning personallashtirilgan hisobi yuritilishini, shuningdek, tasarruf tashkilotlari kadrlarining hujjatlari almashinuvini taʻminlaydi; boʻlim boshligʻi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimdagi xodimlarning personallashtirilgan hisobi, shu jumladan elektron maʼlumotlar bazasi, ularning shaxsiy yigʻmajildi yuritilishini taʼminlaydi, shuningdek, xodimlar shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻradi; taʼlim muassasalarining pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik holatini oʻrganadi va tahlil qiladi, pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlaydi; umumtaʼlim maktablari pedagogik xodimlarining tarkibi boʻyicha statistik maʼlumotlarni fanlar, tumanlar kesimida yigʻadi, umumlashtiradi va hududiy boshqarmaga taqdim qilinishini taʼminlaydi; pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligi, kadrlar qoʻnimsizligi yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtiradi va hududiy boshqarmaga taqdim qiladi; boʻlim xodimlari, taʻlim muassasalari rahbarlari uchun xizmat guvohnomalari tayyorlaydi hamda ularni rasmiylashtirish uchun taqdim etadi, xizmat guvohnomalari blankalari hisobini yuritadi va ularni roʻyxatga oladi, ushbu hujjatlarni yoʻq qilish toʻgʻrisida dalolatnomalar tayyorlaydi; bosh metodist faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, faoliyatiga oid muhim masalalar haqida boʻlim boshligʻiga muntazam ravishda axborot beradi. boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish; xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʻlumotlarning himoya qilinishini taʻminlash; foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.