• Samarqand shahar Registon ko'chasi 6 uy
  • Diqqat Sayt Test Rejimida ishlamoqda !!!

DMTT soni

100

Maktablar soni

84

O'qituvchilar soni

6 008

O'quvchilar soni

108 189

+998 (66) 235 06 16

Hamdamova Feruza Hubbimovna

Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shо‘basi bosh mutaxassisi

2004-2008 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
2010-2012 yy. - Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 33-о‘rta maktab о‘qituvchisi
2012-2013 yy. - Siyob pedagogika kolleji о‘qituvchisi
2013-2020 yy. - Samarqand pedagogika va xizmat kо‘rsatish kolleji о‘qituvchisi
2020-2021 yy. - Samarkand tuman 8-maktab Yoshlar Ittifoki yetakchisi lavozimida ishlab kelmokda
2021-2022 yy. - Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bо‘yicha mutaxassisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
2022-2023 yy. - Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shо‘basi bosh mutaxassisi
2023-y. h/v. - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shо‘basi bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchisi
2024-y. h/v. - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shо‘basi bosh mutaxassisi

Bosh mutaxassisi quyidagilarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi;
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob- axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etishi;
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi;
davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda boʻlishdan tiyilishi;
oʻz xizmat mavqeyidan shaxsiy va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek oʻz xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymasligi;
tuman boʻlimida ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash hamda devonxona masalalariga doir ishlarni amalga oshiradi;
oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; boʻlim boshligʻi rahbarligidagi yigʻilishlarni tashkil etadi;
boʻlim faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish hamda tahlil etish ishlarini amalga oshiradi;
devonxona faoliyatini belgilangan tartibda tashkil qiladi;
boʻlim tizimida ijro intizomi talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi;
boʻlim faoliyatini talab darajasida olib borilishini hamda belgilangan maqsadga erishishni nazorat qiluvchi samaradorlikni baholash (KPI) meznlarini ishlab chiqish, joriy etish va monitoringni amalga oshirish ishlarini tashkil qiladi;
boʻlimning Hayʼat Kengashi yigʻilishi hujjatlarini tayyorlaydi, hayʼat aʼzolari va taʼlim muassasalari rahbarlarini Hayʼat Kengashi yigʻilishiga ishtirokini taʼminlaydi;
normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan topshiriqlarni roʻyxatini shakllantirish, ular boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmlari koʻrsatilgan topshiriqlar tayyorlanishini hamda ularning ijrochilarga yetkazilishini nazorat qiladi;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi hamda “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimi bilan masʼullarni ishlash jarayonini muvofiqlashtirib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan kelgan murojaatlarni (taklif, ariza va shikoyat) oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olish, mazmunan oʻrganish va boʻlim faoliyatiga taalluqlilarini rahbariyat orqali boʻlim xodimlariga ijro uchun yetkazilishini hamda belgilangan muddatda bajarilishini nazoratini olib boradi va nazoratdan olinishi yuzasidan monitoring yuritadi.
boʻlim faoliyatiga taalluqli boʻlmagan, shuningdek, anonim, takroriy va koʻrmasdan qoldiriladigan murojaatlar (taklif, ariza va shikoyat) boʻyicha belgilangan muddatda tegishli xulosa va javob xatlari asosida oʻrnatilgan tartibda nazoratdan olinishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan kelgan murojaatlarni (taklif, ariza va shikoyat) mavjud qonun hujjatlari talablariga muvofiq koʻrib chiqib, tahlil etish va natijalari boʻyicha har chorakda belgilangan jadvallar asosida tayyorlangan hisobotni oʻrnatilgan tartibda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan hamda tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni (taklif, ariza va shikoyat) koʻrib chiqish, fuqarolar qabuli va bu borada belgilangan tartibda ish yuritishni taʼminlaydi.
boʻlim boshligʻining jismoniy va yuridik shaxslarni qabullarni tashkillashtiradi, zarur hollarda yozma va ogʻzaki murojaatlarni koʻrib chiqishda qatnashish uchun masʼullarni jalb etadi, sayyor qabulga oid tashkiliy va tahliliy ishlarni amalga oshiradi.
murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini buzgan aybdor xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar koʻrish boʻyicha boʻlim boshligʻiga maʼlumot kiritadi.
boʻlim tizimidagi rahbar va xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Bosh mutaxassisning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Bosh mutaxassis quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Boʻlim boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida boʻlim boshligʻi oldida hisobot berishi.
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish;
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish;
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish;
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat pensiya taʼminotini olish;
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilish;
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, xulosalar va boshqa hujjatlarni boʻlim xodimlari va tasarrufdagi tashkilotlar hamda taʼlim muassasalari rahbarlaridan soʻrab olish va ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boʻlim xodimlari va tasarrufdagi tashkilotlar hamda taʼlim muassasalari rahbarlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash;
ijro muddati yaqinlashayotgan nazoratdagi hujjatlar, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalariga oid, bajarilishi uzoq muddatga moʻljallangan hujjatlarning ijro holatini barcha bosqichlarda nazorat qilish, ularning ijrosini taʼminlashni masʼul ijrochilardan talab qilish va tekshirish;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
mehnat qonunchiligi asosida boʻlim xodimlari va taʼlim muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan boʻlim boshligʻiga takliflar kiritish;
boʻlim xodimlari va tasarrufdagi tashkilotlar hamda taʼlim muassasalari rahbarlarini ijro intizomini buzganlik, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan boʻlim boshligʻi nomiga tushuntirishlar olish, ularni intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
Bosh mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi ham mumkin.
Bosh mutaxassis oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq boʻlimga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash hamda devonxona faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi.
Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
Bosh mutaxassis hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob beradi.
Bosh mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.