Umarov Umidbek Nurliboyevich
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’lim Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shо‘basi bosh metodisti
-
Phone +998 (66) 235 06 16:
-
Email :
-
Address Info :
2005-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi 2007-2008 yy. - Samarqand viloyati Axborot resurs markazi kutubxonachi 2009-2011 yy. - Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashxis markazi metodisti 2011-2013 yy. - Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi psixologi 2013-2017 yy. - О‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi 1-toifali metodisti - Samarqand viloyatdagi vakili, bosh metodisti 2017 -2023 yy- Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bо‘limi bо‘limi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini hamda о‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish shо‘ba mudiri 2023-2023 yy. - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’lim bо‘limi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini hamda о‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish shо‘ba mudiri 2023-2024 yy - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’lim bо‘limi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini hamda о‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish bо‘yicha metodist 2024 y – h.v. - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’lim bо‘limi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shо‘basi bosh metodisti
Shoʻba bosh metodisti quyidagilarni amalga oshiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; Vazirlikning hayʼati qarorlari, buyruqlari, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarma va boʻlimning hayʼati qarorlari, hududiy boshqarma boshligʻi va boʻlim boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida ijro etish; maktabgacha taʼlim siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlarining tegishli boʻlinmalari bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Shoʻbasining yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun boʻlim boshligʻiga kiritish; ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish; Shoʻba faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Shoʻba faoliyatiga oid muhim masalalar haqida boʻlim boshligʻiga muntazam ravishda axborot berish; Shoʻbaga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, shoʻba xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda mazkur nizomga muvofiq yuklangan vazifalar ijrosini nazorat qilish; Shoʻba xodimlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida tegishli topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish; barcha turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish; sohaga oid hisobotlarni toʻplash, asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish, boʻlim boshligʻiga va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilishni tashkil etish; maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, tugatish va qayta tashkil etish masalalarida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshliqlariga taklif kiritish; boʻlimning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, boʻlim faoliyatiga doir maʼlumotlar hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash; hududdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʻrsatkichlarini oshirish shu jumladan, 6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga toʻliq qamrab olish choralarini koʻrish va kerakli takliflarni tayyorlash; taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida seminar, koʻrik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish; maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun uslubbirlashmalar faoliyatini tashkil etish; maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini hisobini olib borilishini nazorat qilish; “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish; maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish va ularni muvofiqlashtirish; lavozim majburiyatiga taalluqli yoʻnalishlar boʻyicha fuqarolardan kelgan murojaatlarni oʻrganib chiqib, tegishli javob xatlarini yuborish; Shoʻba nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash; foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. Shoʻba bosh metodisti quyidagilarni bajarishi shart: ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi; Tuman (shahar) hokimligi, boshqarma va boʻlim boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi; bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berishi.