• Samarqand shahar Registon ko'chasi 6 uy
  • Diqqat Sayt Test Rejimida ishlamoqda !!!

DMTT soni

100

Maktablar soni

84

O'qituvchilar soni

6 008

O'quvchilar soni

108 189

+998 (66) 235 06 16

Safarov Azamat Xayrillo о‘g‘li

Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’lim Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shо‘basi bosh metodisti

2018-2022 yy.- Samarqand davlat universiteti talabasi
2021-2022 yy.- Urgut tumani 1-sonli jartepa kasb-hunar maktabida о‘qituvchi
2023-2024 yy -Samarqand davlat universiteti magisteri
2022-2025yy -Samarqad davlat unversiteti “Nazariy fizika va kivant elektronika” kafedrasi labaranti
2025-y.-h.v. – Samarqad shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shubasi metodisti

Metodist quyidagilarni amalga oshiradi:
bevosita boʻlim boshligʻiga boʻysunadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik, boshqarma va boʻlimning Hayʼati qarorlari, buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan holda faoliyatini olib boradi;
Shoʻbaning yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va boʻlim boshligʻiga taqdim etadi;
ishlarini tashkil etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazadi, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha boʻlim boshligʻiga taklif kiritadi;
asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qiladi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazadi va nazoratini olib boradi;
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni toʻliq qamrab olish orqali boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash choralarini koʻrilishini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qiladi va tashkilotdan chiqarilishini hisobini olib borilishini nazorat qiladi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga taʼlim-tarbiya berishda kompetensiyaviy yondashuvni tashkil etadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi va ular ishlarini muvofiqlashtiradi;
navbatdagi kalendar yilda hududdagi xodimlarni kasbiy rivojlantirish boʻyicha yoʻnalishlar va taʻlim muassasalari boʻyicha buyurtmalarni shakllantiradi va hududiy maktabgacha va maktab taʻilmi boshqarmalariga taqdim etadi;
hududdagi maktabgacha taʻlim tashkilotlari xodimlarining malaka oshirishga oʻz vaqtida va toʻla jalb qilinishini taʻminlaydi;
har bir xodimning uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha faoliyati natijalarini tasdiqlovchi maʻlumotlar (qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganliklari haqidagi hujjatlar, muqobil malaka oshirish natijalari boʻyicha maʻlumotlar) aks etgan elektron shakldagi hujjatlar majmuasi — elektron portfoliosini shakllantiradi va unga xodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va oʻzlashtirgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni kiritadi;
xodimlarning tuman (shahar) miqyosidagi, shuningdek, taʻlim muassasalaridagi uzluksiz malaka oshirish tadbirlarini tashkil qiladi;
xodimlarning ishdan ajralmagan shakldagi malaka oshirish jarayonlari monitoringini olib boradi.
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qiladi;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qiladi;
taʼlim tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi va maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlaydi;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Metodist quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Boʻlim boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida boʻlim boshligʻi va bosh metodisti oldida hisobot berishi.