Aliyev Aziz Raxmatullayevich
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Bolalarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta’lim bо‘yicha psixolog (metodisti)
-
Phone +998 (66) 235 06 16:
-
Email :
-
Address Info :
22007-2011 yy. - Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi 2011-2014 yy. - Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi defektologi 2014-2015 yy. - Samarqand shaxridagi 62-son maxsus maktab internati tarbiyachisi 2015-2022 yy. - Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish va pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish shо‘basi psixolog(metodist)i 2022-2023 yy - Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi Bolalarni ijtimoiy qо‘llab-quvatlash markazi psixolog metodisti 2023 y - h.v. - Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Bolalarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta’lim bо‘yicha psixolog (metodisti)
Quyidagilar psixolog-metodistning asosiy vazifalari hisoblanadi: tuman (shahar)dagi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy-psixologik xizmatni, logopedik, inklyuziv taʼlimni va oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini rivojlanishi va yanada yuksaltirish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish; oʻquvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash; inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining oldini olish va ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish; tuman (shahar)dagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ilgʻor tajribalarga asoslangan kasb- hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish; maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida psixolog, maxsus pedagog va o‘qituvchi- logopedlarni metodik qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirishga koʻmaklashish; hududdagi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim hamda logopediya shoxobchalarini tashkil etish va muvofiqlashtirish. Psixolog-metodist oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1 tuman (shahar)dagi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy- psixologik xizmatni, logopedik, inklyuziv taʼlimni va oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini rivojlanishi va yanada yuksaltirish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish. maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy-psixologik xizmatni, logopedik, inklyuziv taʼlimni va oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish va yaxshilash masalalarida hududda metodik rahbarlikni amalga oshirish; oʻz yoʻnalishi boʻyicha psixolog-metodistga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq hujjatlarni belgilangan tartibda ijrosi yuzasidan rahbariyatga maʼlumotnomalar kiritish. 2 oʻquvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash sohasida. isteʼdodli va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologlariga metodik yordam berish; maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy-psixologik xizmatni takomillashtirish, psixologlarni metodik qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirish, maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining pedagogik faoliyatga shaxsiy muvofiqligini oʻrganish; vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim muassasalari pedagog xodimlari uchun bolaga nisbatan zoʻravonlik holatlari aniqlanganda idoralararo munosabat mexanizmi asosida ishlarni tashkil etish. 3 inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining oldini olish va ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish sohasida. tarbiyasi ogʻir oʻsmirlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining oldini olish, oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida suidsidal holatlarga moyilligi boʻlgan oʻquvchilarni barvaqt aniqlash, inqiroz yoki favqulodda vaziyatlardan (migratsiya, repatriatsiya, epidemiya, tabiiy ofat va boshqalar) aziyat chekkan bolalar va kattalarga kompleks ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish hamda reabilitatsiya, reintegratsiyani koʻp tarmoqli yondashuvlarda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologlariga amaliy va metodik yordam berish; tuman (shahar)dagi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologlariga voyaga yetmagan deviant xulqli bolalar bilan ishlash va ularni ijtimoiy-psixologik tomondan qoʻllab- quvvatlash ishlarini tashkil etishga koʻmaklashish; voyaga yetmaganlar oʻtasida oʻz joniga qasd qilishga moyilligi, shuningdek, ruhiyatida oʻzgarish kuzatilgan oʻquvchilarga psixologik koʻmak koʻrsatish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etish; bolalar va oilalarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatuvchi mutaxassislarni inqirozga uchragan bolalar bilan ishlashlari uchun reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish va moslashtirish; ilgʻor psixologik-pedagogik texnologiyalarni taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish boʻyicha psixologik-pedagogik qiyosiy tadqiqotlar faoliyatini tashkil etish. 4 tuman (shahar)dagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ilgʻor tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish sohasida; umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining 7-11-sinf oʻquvchilarining kasbiy qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash boʻyicha psixologik-pedagogik diagnostika metodikalaridan hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda kasblarga boʻlgan layoqatini aniqlash maqsadida soʻrovnomalarni yagona “Kasbim-kelajagim” onlayn platformasida oʻtkazilishini taʼminlash; maktab bitiruvchilarini oʻz iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishiga koʻmaklashish ishlarini tashkil etishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologlariga amaliy va metodik yordam berish; tuman (shahar)dagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ilgʻor tajribalarga asoslangan kasb- hunarga yoʻnaltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish. 5 maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida psixolog, maxsus pedagog va o‘qituvchi- logopedlarni metodik qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirishga koʻmaklashish sohasida; maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida ijtimoiy-psixologik xizmat, inklyuziv taʼlim, logopedik va oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishda zamonaviy talablar, shuningdek, taʼlim- tarbiya jarayonida taʼlimning innovatsion shakllari va axborot texnologiyalarini samarali metodlarini inobatga olgan holda metodik tavsiyalarni berib borish; ijtimoiy-psixologik xizmat, inklyuziv taʼlim hamda oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha ishlab chiqilgan, standartlashtirilgan psixologik-pedagogik diagnostika metodikalarini, oʻquv dasturlarini, metodik materiallarni amaliyotga tatbiq etish; oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning zamonaviy ilgʻor shakllari, yangi psixologik-pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali oʻquvchilarning har tomonlama rivojlanishiga koʻmaklashish; mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi psixologik-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda ijtimoiy-psixologik xizmat, inklyuziv taʼlim, logopedik hamda kasb-hunarga yoʻnaltirish faoliyatini tashkiliy, ilmiy-metodik va axborotlar bilan taʼminlash; tuman (shahar)da ijtimoiy-psixologik xizmat, inklyuziv taʼlim, logopedik hamda kasb- hunarga yoʻnaltirish ishlarini holatini tahlil qilish, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ularni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. 6 tuman (shahar)dagi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim hamda logopediya shoxobchalarini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida; maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim berishning sifati va samaradorligini aniqlash boʻyicha ishlab chiqilgan mezonlarni bajarilishini nazorat qilish; inklyuziv taʼlimning metodik taʼminotini (dasturlar, dars ishlanmalari, metodik tavsiyalar va boshqalar) ishlab chiqish hamda takomillashtirish boʻyicha takliflar berish; inklyuziv taʼlimning barcha subektlari uchun psixologik-pedagogik va ijtimoiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan texnologiyalarni amaliyotga joriy etilishini taʼminlash; umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv oʻquv muhitini yaratish maqsadida bolalar va ularning ota-onalari, oʻqituvchilarga ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatishda zamonaviy yondashuvlar va metodlar asosida oʻquv-seminarlar tashkil etish; inklyuziv sharoitlarda taʼlim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish, shuningdek, inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, ularda taʼlim olayotgan oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish va uni doimiy yangilab borish; har yili sentabr oyidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari qoshida logopediya shoxobchalarini amaldagi Nizom talablari asosida tashkil etish; maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarining oʻqituvchi-logopedlarini faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoringini olib borish va metodik rahbarlikni amalga oshirish; Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi psixolog-metodist faoliyatini, unga yuklangan vazifalarni samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qilib boradi.